O‘zA O`zbek

09.07.2020 Chop etish versiyasi

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi Nukusdagi dezinfeksiya ishlarida ishtirok etdi

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi Nukusdagi dezinfeksiya ishlarida ishtirok etdi

Mamlakatimiz boʻylab COVID-19 pandemiyasi bilan kurashish, virus tarqalish koʻlamini kamaytirish maqsadida Qurolli Kuchlar tuzilmalari bilan hamkorlikda dezinfeksiya boʻyicha maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishi davom etmoqda.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar va Milliy gvardiya boshqarmasi hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari bilan hamkorlikda Nukus shahrida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati OʻzAga maʼlum qildi.

Mashgʻulotda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev va masʼul idoralar vakillari qatnashdi.

Dezinfeksiyalovchi otryadlar dehqon bozorlari, savdo majmualari hamda 22-kichik tuman, jami aholi soni 10 mingdan oshiq boʻlgan Derbent, Temir yoʻl va Bereket mahallalarida mavjud boʻlgan 90 ta koʻp qavatli uyning tashqi qismida “koʻrinmas dushman” bilan kurash olib bordi. 130 ming kvadrat metr maydonga 23,5 ming litr dezinfeksiya eritmasi sepildi.

Aholi koronavirus infeksiyasidan ogoh va hushyor boʻlishiga daʼvat etuvchi eshittirishlar namoyish etildi. Buning uchun harbiy texnikalarga oʻrnatilgan ovoz kuchaytiruvchi vositalardan keng foydalanildi.

Maxsus taktik vazifani bajarish uchun 10 dan ziyod maxsus texnika hamda boshqa qurilmalar jalb etildi.

1 552
OʻzA