O‘zA O`zbek

10.09.2019 Chop etish versiyasi

Qirg‘izistonda telekanal mulki xatlandi

Qirg‘izistonda telekanal mulki xatlandi

Qirg‘izistonda mulki xatlangan “Aprel” telekanali o‘zining sayti va ijtimoiy tarmoqlarida internet-kanal sifatida faoliyatini boshladi. Bu haqda kanal bosh muharriri Samat Qachqinov ma’lum qildi.

“Kanalning litsenziyasi bor, u olib qo‘yilmagan. Shunga binoan biz jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullana olamiz. Faqat biz efirga chiqa olmaymiz”, – deydi Qachqinov.

9 avgust kuni kechqurun IIV sud qaroriga tayangan holda “Media-Forum” AJ va “Aprel TV” telekanali mulkini hatladi. OAV muharririyati va ayrim ekspertlar bu hodisani erkin so‘zga bosim sifatida baholadilar.

QR madaniyat, axborot va turizm vazirligi qoshidagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Departamenti bayonot berib, “Aprel” telekanali Og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan insonga taalluqli bo‘lgani bois xatlanganini ma’lum qildi.

823
O‘zA