O‘zA O`zbek

25.09.2020 Chop etish versiyasi

Qirgʻizistonda dollar kursi oshishi kuzatilmoqda

Qirgʻizistonda dollar kursi oshishi kuzatilmoqda

Qirgʻizistonda AQSH dollarining kursi 80 som koʻrsatkichiga yetdi.

Valuta.kg” portali maʼlumotiga koʻra, 25-sentyabr ertalabki 10.40 holatiga koʻra, Bishkekdagi ayirboshlash byurolarida Amerika valyutasi oʻrtacha 79.76 somdan sotilib, 79,41 somdan xarid qilindi.

Milliy bank tomonidan oʻrnatilgan AQSH dollarining rasmiy kursi 25-sentyabr kuni 79,3 somni tashkil qilgan.

Sentyabr boshidan beri dollar ayirboshlash punktlarida 1,5 somga oshdi.

Qayd etish kerak, soʻngi kunlarda mamlakatda valyuta kursining sezilarli oshishi kuzatilmoqda.

1 659
O'zA