Qirg‘izistonning Batken tumani Qorabog‘ qishlog‘idagi Eski mozor degan joyda Qirg‘iziston fuqarolari va Tojikiston chegara naryadi o‘rtasida dahanaki jang bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘izistonning Batken tumani Qorabog‘ qishlog‘idagi Eski mozor degan joyda Qirg‘iziston fuqarolari va Tojikiston chegara naryadi o‘rtasida dahanaki jang bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmatining OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro Qirg‘iziston fuqarosiga tegishli bo‘lgan asboblar saqlanadigan omborning eshigi noma’lum shaxslar tomonidan buzib ketilganidan so‘ng kelib chiqqan. “Ombor binosi Tojikiston Respublikasi hududidagi davlat chegarasining shartli liniyasidan 5-6 metr uzoqlikda joylashgan. Mazkur uchastka qayd qilinmagan, ammo amalda Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan foydalanib kelinadi”, - deya ta’kidlaydi Davlat chegara xizmati.

“Qirg‘izistonliklar eshikni tuzatmoqchi bo‘lgan, ammo Tojikiston chegara naryadi bunga to‘sqinlik qilgan. Qirg‘iziston chegarachilari mojaro joyiga yetib keldi va Tojikiston chegarachilarining vakillari bilan muzokaralar olib bordi, natijada tojik tomoni qirg‘izistonliklar saroy eshigini ta’mirlashi va kelajakda foydalanishiga rozilik bildirdi. Tojik tomoni mazkur chegara uchastkasida xizmat qilayotgan chegara naryadi bilan tushuntirish ishlarini olib bordi”, - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati harbiy xizmatchilari mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari vakillari bilan birgalikda mahalliy aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarni olib bordi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida nizo kelib chiqdi