O‘zA O`zbek

08.07.2020 Chop etish versiyasi

Qirgʻiziston: tibbiy muolaja jarayonlariga kislorod konsentratorlarini yetkazish uchun 600 ming dollardan ortiq mablagʻ ajratildi

Qirgʻiziston: tibbiy muolaja jarayonlariga kislorod konsentratorlarini yetkazish uchun 600 ming dollardan ortiq mablagʻ ajratildi

Bugun, 8-iyul kuni Bishkekka charter reysi bilan 200 ta mobil kislorod konsentratorlarining ikkinchi partiyasi olib kelindi. Bu haqda mamlakat hukumat matbuot xizmati xabar tarqatgan. Taʼkidlanishicha, yana 800 ta konsentrator yaqin orada olib kelinadi. Birinchi partiya 5-iyul kuni olib kelingan edi.

“Kislorod konsentratorlari zudlik bilan koronavirus va zotiljamga chalingan bemorlar davolanayotgan respublikadagi tibbiyot muassasalari oʻrtasida taqsimlanadi”, - deya taʼkidlanadi hukumat xabarida.

Jihozlar oʻtgan hafta bosh vazir Qubatbek Boronov qaroriga binoan ajratilgan 50 million som (643 ming dollardan koʻproq)ga sotib olindi.

2 187
O'zA