Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

23.08.2018 15:37 Chop etish versiyasi

Qirgʻiziston oʻtish punktlarining ikki tomonlama maqomini koʻp tomonlama maqomga oʻzgartirishni taklif qildi

Qirgʻiziston oʻtish punktlarining ikki tomonlama maqomini koʻp tomonlama maqomga oʻzgartirishni taklif qildi

Qozogʻiston hukumati Qirgʻiziston bilan chegaradagi ikkita – “Sartobe” (“Toqmoq”) va “Auxatti” (“Kenbulun”) oʻtish punktlarining ikki tomonlama maqomini koʻp tomonlama maqomga oʻzgartirishga tayyor. 

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Baqitjan Sagintayev Ostonada boʻlib oʻtgan Qozogʻiston – Qirgʻiziston hukumatlararo kengashining VII majlisida maʻlum qildi.

Uning aytishicha, taklif Qirgʻiziston tomonidan chiqqan.

“Bu ularning oʻtkazish imkoniyatlarini koʻpaytiradi. Shuningdek, biz, bu qarorni hayotga tatbiq etish mazkur oʻtish punktlari va ularga eltuvchi yoʻllar infratuzilmalarini qoʻshimcha ravishda modernizatsiya qilishni taqozo qilinishini bilamiz. Chegaralar faoliyatini sifatli yoʻlga qoʻyish oldimizda turgan ustuvor vazifalardan biridir”, – dedi Sagintayev.

Qirgʻiziston va Qozogʻiston chegarasida 4ta xalqaro va 4ta ikki tomonlama oʻtish punktlari faoliyat yuritadi. Har kuni chegaradan salkam 30 ming kishi oʻtadi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi eng yirik oʻtish punkti Bishkek yaqinidagi “Aq-Jol” boʻlib, har kuni 12 mingga yaqin kishi va 500-600 dona transport oʻtadi. Sayyohlik mavsumida ikki mamlakat chegaralaridan har kuni 70 mingga yaqin kishi oʻtadi.

OʻzA
1 789