O‘zA O`zbek

09.07.2020 Chop etish versiyasi

Qirgʻiziston: Mehnat taʼtilidagi tibbiyot xodimlarni chaqirib olishga koʻrsatma berildi

Qirgʻiziston: Mehnat taʼtilidagi tibbiyot xodimlarni chaqirib olishga koʻrsatma berildi

Qirgʻiziston Bosh vaziri Qubatbek Boronov Respublika tezkor shtabining 8-iyul kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida Sogʻliqni saqlash vazirligiga mehnat taʼtilida boʻlgan barcha xodimlarini chaqirib olishga koʻrsatma berdi.

Taʼkidlanishicha, hozir odamlar tibbiyot xodimlari yordamiga muhtoj. “Kimda-kim kasallik taʼtilida boʻlsa, davolanishda davom etaversin, sogʻligʻini tiklasin. Mehnat taʼtilini sogʻ-salomat oʻtkazayotgan tibbiyot xodimlari ishga chiqishi, tunu kun shifoxonalarda navbatchilik qilayotgan, bemorlarni qabul qilib olayotgan hamkasblariga yordam berishi kerak”, - dedi Boronov.

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, bugungi kunda tibbiyot xodimlarining maʼlum qismi taʼtilga chiqqan. Ularning qanchasi qonuniy dam olishda ekani aniqlanmagan.

Avvalroq Qirgʻizistonda atigi 29 502 mutaxassis sogʻliqni saqlash tizimiga amaliy yordam berayotgani, ularning 8 322 nafari oliy taʼlimga ega mutaxassislar ekani aytilgan edi.

1 507
OʻzA