Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi Sapporo shahrida ijtimoiy nafaqadagi qariyalar uyida payshanbaga o‘tar kechasi yong‘in kelib chiqishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi.

NHK telekanalining mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmati vakillariga tayanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in haqida mahalliy vaqt bilan 23:40da xabar kelib tushgan. Qirqdan ziyod o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga jalb etilgan.

Binoda 16 kishi istiqomat qilgan. Barcha yashovchilar kam ta’minlanganlar uchun ijtimoiy nafaqa oluvchi keksalar bo‘lgan.

Qutqaruvchilar besh kishini – 50-80 yoshlar atrofidagi uch erkak va ikki ayolni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Qolgan 11 kishi – 8 erkak va 3 ayol halok bo‘lgan.

Yong‘in kelib chiqish sabablari hali aniqlanmadi. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qariyalar uyida yong‘in. 11 kishi halok bo‘ldi