Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.04.2018 11:11 Chop etish versiyasi

Qadimda insonlar o‘zga sayyoraliklar bilan muloqot qilganmi?

Zamin yuziga solingan ulkan hajmdagi geometrik shakllar, turli hayvonlar va qushlarning rasmlari haqida eshitganmisiz? Ilm-fan tilida geogliflar deyilguvchi bu qadimiy topilmalarni inson ko‘zi bilan emas, balki sun’iy yo‘ldosh, uchuvchi moslamalar bilangina aniqlash mumkinliginichi?

Sayyoramizning ba’zi joylarida, ayniqsa sahrolarda shundayin ulkan rasmlar uchrab turadi. “National Geographic“ning ma’lum qilishicha, yaqinda olimlar Peruda yana bir sirli geoglifni topishgan.

Bungacha Peruda 50 ga yaqin geoglif topilgan bo‘lib, ularning ichida hayvonlar va tabiat hodisalari tasvirlangan zamin suratlari ko‘p.

Arxeologlarga bu gal ham uchuvchisiz boshqariladigan moslamalar va sun’iy yo‘ldoshlar geoglifni topishga yordam bergan. Ayni vaqtda yangi topilmaning yoshi va qaysi madaniyatga mansubligi aniqlanmoqda ekan. Ish endi boshlangan bo‘lsada, dastlabki taxminlar ham bor. Ularga ko‘ra yangi geoglif Naska madaniyatiga tegishli bo‘lib, eramizdan oldingi 200-700 yillarda yaratilgan bo‘lishi mumkin.

Eng qizig‘i hozirgacha ilm-fan olamida qadimda insonlar geogliflarni qanday qilib yaratgan, degan savolga aniq javob yo‘q. Ba’zi olimlarning fikricha, geogliflarni yaratishda yuksak texnologiyalardan foydalanilgani aniq. Chunki rasmlarning hajman juda kattaligi (geogliflar bir necha kilometrgacha cho‘zilgan bo‘ladi)ga qaramay o‘lchovdagi mutanosiblik, juda aniqlik shunga ishora qilmoqda. Ikkinchidan esa, faqat koinotdan turib payqash mumkin bo‘lgan bunday tasvirlar nima uchun kerak bo‘lgan odamlarga? Axir, qadimda uchish moslamalari bo‘lmaganku? Yoki geogliflar o‘zga sayyoraliklarga signal, manzilni topishda mo‘ljal bo‘lganmi?

Xullas, Peruda topilgan yangi geoglif olimlarda bu kabi savollarni yana ko‘paytirdi.

Malohat Husanova, O‘zA
6 634