O‘zA O`zbek

24.06.2020 Chop etish versiyasi

Putin faxriylardan bezovta boʻlmaslikni iltimos qildi

Putin faxriylardan bezovta boʻlmaslikni iltimos qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin urush faxriylaridan Gʻalaba paradi munosabati bilan nutq soʻzlayotgan paytda oʻrinlaridan turmasliklarini soʻradi.

Ijtimoiy tarmoq orqali tarqalgan videolavhada Putin soʻzga chiqish uchun minbarga qarab yurayotganda urush faxriylari davlat rahbari hurmatiga oʻrinlaridan qoʻzgʻalgani yaqqol koʻrinib turibdi. Shunda prezident imo-ishora bilan ularni bezovta boʻlmaslikka, joylarida oʻtiraverishga undagan.

Qizil maydonda Moskva vaqti bilan 10:00 da boshlangan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan harbiy paradni mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu qabul qilib oldi. Tantanalarga 14 mingdan ziyod harbiy xizmatchi, 234 ta tarixiy va zamonaviy quruqlikda harakatlanuvchi harbiy texnika vositalari hamda 75 uchuvchi apparat jalb etilgan. Tadbirda Oʻzbekiston, Belarus, Bosniya va Gersegovina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Serbiya, Janubiy Osetiya va Abxaziya rahbarlari ishtirok etmoqda. Shuningdek, paradda MDH, Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi, Jamoaviy xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma kabi xalqaro tashkilotlar masʼul vakillari ham hozir boʻlishgan.

2 518
OʻzA