O‘zA O`zbek

15.04.2019 10:45 Chop etish versiyasi

Pokistonda temir yo‘llar minalardan tozalandi

Pokistonda temir yo‘llar minalardan tozalandi

Pokistonning Tatta shahri yaqinidagi temir yo‘llar sapyorlar guruhi tomonidan minalar tozalandi. Geo TV bu haqda ma’lumot bergan.

Unda aytilishicha, umumiy hisobda yarim kilogramdan ortiq portlovchi moslamalar Tatta shahridagi temir yo‘l bekatidan uch kilometr uzoqlikdan topilgan va zararsizlantirilgan. Politsiyadan ma’lum qilishinicha, ularni masofadan turib harakat keltirishni mo‘ljal qilgan yetti nafar jinoyatchi qo‘lga olingan.

O‘zA
496