O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Pokistonda samolyot halokati qurbonlari 97 kishiga yetdi

Pokistonda samolyot halokati qurbonlari 97 kishiga yetdi

Pokistonning Sind viloyati sogʻliqni saqlash vazirligi Karachi aeroporti yaqinida Airbus A-320 yoʻlovchi samolyotining halokati oqibatida 97 kishi qurbon boʻlganini tasdiqladi.

“Havo kemasida jami 99 kishi boʻlgan. 97 kishi halok boʻlgan. Ikki kishi tirik qolgan“, — deb yozadi vazirlik matbuot kotibi Miran Yusuf Twitterda. Shuningdek, u hozirga kelib 19 kishining jasadi aniqlanganini yozgan.

Halokat sodir boʻlgan joyda qutqaruv-qidiruv operatsiyasi davom etmoqda. Aviakompaniyaning maʼlum qilishicha, samolyot bortida 91 yoʻlovchi hamda sakkiz nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan.

Bundan avvalroq federal aviatsiya vaziri Gʻulom Sarvar Xon fojia oqibatida 90 kishi halok boʻlganini maʼlum qilgan edi. Xabarda taʼkidlanishicha, samolyot qulagan uyda istiqomat qilayotgan odamlar ham jabrlangan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 30 kishi kasalxonaga yetkazilgan.

Halokat sabablarini aniqlash boʻyicha maxsus komissiya ish boshlagani maʼlum qilindi.

1 360
OʻzA