O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

“Pokiston havo yoʻllariga” qarashli yoʻlovchi samolyoti halokatga uchradi

“Pokiston havo yoʻllariga” qarashli yoʻlovchi samolyoti halokatga uchradi

RIA Novosti tarqatgan xabarda aytilishicha, havo layneri Karachi shahridagi xalqaro “Jinna” aeroporti yaqinida qulab tushgan. Aviahalokat oqibatida halok boʻlganlar soni aniqlanmoqda.

Havo kemasi Laxor – Karachi reysi boʻyicha parvozni amalga oshirayotgan boʻlgan. Samolyot bortida 95 kishi boʻlgan.

Mahalliy aholi vakillari samolyot odamlar yashaydigan uylar ustiga qulab tushganini taʼkidlashmoqda.

“Pokiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi ham Airbus A-320 yoʻlovchi samolyoti Karachida halokatga uchraganini tasdiqladi.

“Pokiston havo yoʻllari” Pokiston milliy aviatashuvchisi hisoblanadi. Kompaniya davlatga qarashli boʻlib, 56 yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshirib keladi.

1 373
OʻzA