O‘zA O`zbek

10.10.2018 Chop etish versiyasi

Pokiston “Ghauri” ballistik raketasini sinovdan oʻtkazdi

Oʻrta masofaga moʻljallangan Ghauri ballistik raketasi Pokistondagi poligonda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi, deyiladi mamlakat qoʻshinlari Strategik qoʻmondonligi maʼlumotida. 

Hindistonning The Asian Age gazetasi xabariga koʻra, mazkur raketa 1300 kilometr masofadagi yadro qurolini nishonga olish imkoniga ega. Maʼlum qilinishicha, Pokiston armiyasida bunday qurolning uch turi mavjud boʻlib, Hindistoning koʻplab shaharlari koʻrsatilgan masofadagi radiusga kiradi.

1 950
Faxriddin Sodiq, OʻzA