Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.05.2018 10:59 Chop etish versiyasi

Peruning sobiq prezidenti va uning rafiqasi ozodlikka chiqdi

Peruning sobiq prezidenti va uning rafiqasi ozodlikka chiqdi O‘tgan haftada Peru konstitutsion sudi sobiq davlat rahbari va uning rafiqasini ozodlikka chiqarish bo‘yicha da’voni qanoatlantirdi. Shundan so‘ng hibsdagi Olyanta Umala va Nadin Eredi oilaviy juftligi ozodlikka chiqarildi. Ammo bu bilan ular aloqador jinoiy ish yopilmaydi, tergov davom etadi.

Bu haqda RIA Novosti yozadi.

O‘tgan 2017-yilning iyul oyida sud qarori asosida Peruning sobiq prezidenti ( Olyanta Umala 2016-yil iyul oyida prezidentlikdan ketgan) va uning rafiqasi hibsga olinib, boshqa-boshqa qamoqxonalarga joylashtirilgan edi.

Surishtiruv-tergov ma’lumotlariga ko‘ra Olyanta Umala 2006-2011 yillarda Peru milliy partiyasining saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish uchun Venesuela hukumati va qator yirik kompaniya va firmalardan olgan pul mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirgan.

2015-yilda Peru prokuraturasi Nadin Eredini ham turmush o‘rtog‘i Olyanta Umalaning noqonuniy ishlarida aloqadorlikda ayblab, unga nisbatan tergov harakatlari boshlagan edi.

Malohat Husanova, O‘zA
3 015