O‘zA O`zbek

30.07.2019 Chop etish versiyasi

Pekin: Gonkongdagi tartibsizliklarning ortida gʻarbning qoʻli bor

Pekin: Gonkongdagi tartibsizliklarning ortida gʻarbning qoʻli bor

Gonkongdagi tartibsizliklarning ortida “gʻarbning masʼuliyatsiz odamlari turibdi”, bunga Xitoy hukumatining ishonchi komil, deyiladi Associated Press agentligi xabarida. 

“Ularning maqsadi Gongkongda muammolar paydo qilib, Gongkongning oʻzini Xitoydagi muammoga aylantirish va shu orqali Xitoy taraqqiyotiga halaqit berishdan iborat”, dedi davlat kengashi maʼmuriyatining Gongkong va Makao ishlari boʻyicha vakili Yan Guan. Uningcha, rasmiy Pekin tashqi kuchlarning Xitoy va Gongkong ishlariga nisbatan aralashuvlariga toqat qilmaydi.

756
OʻzA