O‘zA O`zbek

08.07.2020 Chop etish versiyasi

Pandemiya bilan bogʻliq iqtisodiy inqiroz tufayli bir milliarddan ortiq odam ocharchilikda qolmoqda

Pandemiya bilan bogʻliq iqtisodiy inqiroz tufayli bir milliarddan ortiq odam ocharchilikda qolmoqda

Koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq iqtisodiy tanazzul tufayli dunyo boʻylab ocharlikka mubtalo boʻlayotganlar soni bir milliarddan oshib ketdi.

Bu haqda “Welthungerhilfe” nemis xayriya jamgʻarmasi maʼlumot tarqatgan. Eng avvalo, rivojlanayotgan va iqtisodi oʻtish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlar aholisi aziyat chekib, vaziyat transport va savdo munosabatlaridagi cheklovlar bilan bogʻliq tarzda qashshoqlikning oshishiga sabab boʻlmoqda.

“Welthungerhilfe” rahbari Marlen Timening aytishicha, hozirda pandemiya Janubiy yarim sharni qamrab olib, koʻpchilik ishsiz qolgan, iqtisod parokandalikka yuz tutmoqda, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashib, sogʻliqni saqlash tizimi bemorlar miqdoriga koʻra oʻz ishini uddalayolmay qolayapti.

2 196
O'zA