Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.09.2018 10:35 Chop etish versiyasi

Ozarbayjon tarixi haqida hikoya qiluvchi topilmalar aniqlandi

Ozarbayjon tarixi haqida hikoya qiluvchi topilmalar aniqlandi

Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi bilan Arxeologiya va etnografiya instituti hamkorligida olib borilgan arxeologik qazishma ishlari davomida bronza davriga oid buyumlar topildi, deya xabar bermoqda Trend.az.

Arxeologik qidiruv ishlari Koʻkkoʻl tumanining Gushgara hududida olib borildi. Qazishma davomida aniqlangan bronza davriga oid noyob topilmalar Ozarbayjonning qadim urf-odatlari va milliy qadriyatlari haqida atroflicha maʼlumot beradi.

Xabarda qayd etilishicha, uzoq olib borilgan izlanishlar natijasida Yangi Koʻkcha qishlogʻida joylashgan Alban ibodatxonasining qurilgan davriga oydinlik kiritishga muvaffaq boʻlingan. XIX asrda qayta taʼmirlangan ushbu ibodatxona IV-V asrlarga oid ekani maʼlum boʻldi.

Arxeologlar Koʻkkoʻl tumanida davom etadigan qazishma ishlari insoniyat tarixi haqida yanada koʻproq maʼlumot olish imkonini berishini taʼkidlashmoqda.

Dilobar Mamatova, OʻzA
908