O‘zA O`zbek

22.08.2018 13:26 Chop etish versiyasi

Oy sathida muzlik hudud mavjudligi aniqlandi

Oy sathida muzlik hudud mavjudligi aniqlandi Hindiston kosmik ilmiy tadqiqot idorasi tomonidan amalga oshirilgan “Chandrayan-1“loyihasi natijasiga ko‘ra, oy sathida muzlik hudud mavjudligi aniqlandi, deb xabar bermoqda BBC sayti 22 avgust kuni bergan xabarnomasida.

Olimlar dalillarga asoslangan holda oy sathida muzlik hudud mavjudligini ta’kidlamoqda. Oydagi muzliklar suvsiz, quruq hududlarda joylashgan. Oyning janubiy qismidagi muz bo‘laklari chuqurchalarda, shimoliy qismidagi muzlik esa keng hududda tarqoq holda joylashgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hududdagi muzlik erishi natijasida oy sathidagi suv oqimlariga quyiladi yoki atmosferaga bug‘lanib ketishi taxmin qilinmoqda.

Z.Mirzaboyeva, O‘zA
2 062