O‘zA O`zbek

10.10.2018 Chop etish versiyasi

Ovoz berish huquqini qaytarish rad etildi

Ovoz berish huquqini qaytarish rad etildi Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi (PASЕ)ning milliy delegatsiyalar vakolatlari toʻgʻrisidagi maʼruzani koʻrib chiqishni keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi qarori Assambleyaning qobiliyatsiz ekanligini namoyish qildi.

“Rossiya davlat dumasi spiker oʻrinbosari, parlament quyi palatasining xalqaro faoliyatga masʼul boʻlmish Petr Tolstoy shu bayonot bilan chiqdi“, deya xabar berdi TASS.

Bundan avval, seshanba kuni PASЕ matbuot xizmati assambleya reglament toʻgʻrisidagi rezolyutsiya loyihasini qayta ishlab chiqish uchun tegishli qoʻmitaga qaytargani borasida maʼlum qilgan edi. Bu qaror uchun 99 nafar deputat ovoz berdi, 79 nafar deputat qarshi chiqdi, yana 16 deputat betaraf qoldi. Agar rezolyutsiya qabul qilinganida edi, u holda Rossiya tashkilot sessiyalarida ishtirok etishga qaytgan boʻlardi.

“Parlament Assambleyasining vakolat va ovoz berishda qaror qabul qilish jarayonini takomillashtirish” deb nomlangan rezolyutsiya loyihasida Rossiya tilga olinmaydi, biroq loyiha qabul qilinganida edi, Rossiya delegatsiyasi yanvar oyidagi sessiyada PASЕga qaytgan boʻlardi.

2014-yil aprelida PASЕ Rossiya delegatsiyasini ovoz berish huquqidan mahrum qildi. Moskva shuningdek, Assambleyaning rahbar tuzilmalarida ishlash imkoniyatidan va saylovlarda kuzatuvchi boʻlishda ishtirokidan ham mahrum boʻldi. 2017-yil iyunida Rossiya oʻz delegatsiyasining PASЕda toʻla va shartlarsiz vakolati tiklanmagunga qadar badal toʻlashni toʻxtatishi haqda bayonot berdi. Moskvaning yillik badali 33 million yevroni tashkil qiladi. Bu tashkilot byudjetining deyarli 10 foizi demakdir. Ayni damda Rossiya PASЕda ishtirok etmaydi, biroq Yevropa Kengashi vazirlar Qoʻmitasidagi faoliyatini davom ettiradi, deya taʼkidlaydi “Nemeskaya volna” (”Nemis toʻlqini”).



2 066
Sharofiddin Toʻlaganov, OʻzA