O‘zA O`zbek

03.09.2018 20:37 Chop etish versiyasi

Osiyo taraqqiyot banki quyosh energetikasi loyihasiga mablagʻ ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki quyosh energetikasi loyihasiga mablagʻ ajratdi
Osiyo taraqqiyot banki Ozarbayjon, Qirgʻiziston va Afgʻonistonda quyosh energetikasini rivojlantirishning texniktaʼminoti loyihasi uchun3 million dollar mablagʻ ajratdi, deb xabar bermoqda “Trend az” agentligi.

“Suzuvchi quyosh energiyasini rivojlantirish” loyihasi shu yil 17-avgust kuni bank rahbariyati tomonidan tasdiqlangan. Loyiha ijrosi 3 davlatda suvda harakatlanuvchi quyosh elektrostansiyalarini tashkil etishorqali xalqaro miqyosida energiya manbalari tanqisligini yengillashtirish, energetika xavfsizligini oshirish hamda atrof-muhitga chiqadigan zararlichiqindilarni kamaytirishga qaratilgan.

Bank rasmiylari maʼlumotiga koʻra, ushbu mintaqadagi mavjud sharoit loyihani amalga oshirishga zamin yaratmoqda. Elektrostansiyalarni qurish uchun suv manbalari va quyoshdan keng foydalanishga toʻgʻri keladi. Loyihaning amalga oshirilishi, oʻznavbatida, hududlar infratuzilmasini yaxshilashga olib keladi.

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA
2 178