O‘zA O`zbek

11.09.2019 Chop etish versiyasi

Oq uy Jon Bolton xizmatiga zarurat sezmaydi

Oq uy Jon Bolton xizmatiga zarurat sezmaydi

AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonni lavozimidan ozod qilganini ma’lum qildi. 
Tramp o‘zining Twitterdagi sahifasida shu kecha Boltonga bundan buyon Oq uy uning xizmatiga zarurat sezmasligini yozgan. 

“Men uning ko‘plab takliflariga qat’iy qarshiman va uning iste’fosini so‘radim”, deb yozadi Tramp. 
Shuningdek, u yangi maslahatchi nomini kelasi hafta e’lon qilishini bildirgan.

398
O‘zA