O‘zA O`zbek

14.02.2019 Chop etish versiyasi

OAV: Xitoy – Amerika savdo muzokaralarining navbatdagi raundi boshlandi

OAV: Xitoy – Amerika savdo muzokaralarining navbatdagi raundi boshlandi

Bugun, Pekinda Xitoy davlat kengashi rahbari oʻrinbosari Lyu Xe va AQSH moliya vaziri Stiven Mnuchin ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo ziddiyatini bartaraf etishga qaratilgan maslahatlashuvlarning navbatdagi raundiga kirishgan.

Bu haqda TASS “Sinxua“ga asoslanib xabar bermoqda.

OAV maʼlumotlariga koʻra, ertalab navbatdagi maslahatlashuvlarning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtgan. Muzokaralar ikki kun (14-15 fevral) davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, 11 fevral kuni Pekinga Amerika hukumati delegatsiyasi yetib kelgan edi.

Maʼlumot oʻrnida, AQSH va Xitoy rahbarlari 2018 yil dekabr oyida Argentinadagi sammit doirasida uchrashib, ikki mamlakat oʻrtasida yuzaga kelgan savdo ziddiyatini yechish boʻyicha uch oy muddatda aniq chora-tadbirlar koʻrishga kelishib olgan edi. Bu muddat 1 martda oʻz nihoyasiga yetadi. Ungacha tomonlar savdo qarama-qarshiligini yecha olmasa, AQSH Xitoyning 200 milliard dollarlik mahsulotlariga boj stavkalarini yana oshiradi.

738
Malohat Husanova, OʻzA