O‘zA O`zbek

12.10.2018 14:54 Chop etish versiyasi

OAV: KXDRga xalqaro sanksiyalar pisand emas, mamlakat oʻz kuchi bilan yana yuz yil yashashga tayyor

OAV: KXDRga xalqaro sanksiyalar pisand emas, mamlakat oʻz kuchi bilan yana yuz yil yashashga tayyor

Shimoliy Koreyaning “Rodong Sinmun” nashri chop etgan maqolada KXDRga xalqaro sanksiyalar pisand emasligi, mamlakat oʻz kuchi bilan yana 100 yil yashashi mumkinligi aytilgan. 

Bu haqda TASS xabar beradi. 

“Sanksiyalarning yana 10 yoki 100 yil davom etishi ahamiyatsiz, muhimi biz barcha qiyinchiliklarni yengib, dunyoning eng kuchli mamlakati va Yerdagi sotsialistik jannatga aylanamiz” deyiladi maqoladan olingan iqtibosda. 

Shuningdek, nashr chaqiriq bilan ham chiqqan. Unga koʻra, Shimoliy koreyaliklar mamlakat iqtisodiy oʻsish surʼatlarini oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobiga halqaro sanksiyalarni chippakka chiqarishlari kerak boʻladi. 

TASSning eslatishicha, 10 oktyabrda Moskvada Rossiya, Xitoy va KXDR tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlari uchrashib, BMT Xavfsizlik Kengashi Pxenyanga nisbatan sanksiyalarni qayta koʻrib chiqishi lozim, degan toʻxtamga kelgan.

Malohat Husanova, OʻzA
957