O‘zA O`zbek

07.09.2018 11:24 Chop etish versiyasi

OAV: AQSH mudofaa vaziri Afgʻonistonga eʼlon qilinmagan tashrif bilan bordi

OAV: AQSH mudofaa vaziri Afgʻonistonga eʼlon qilinmagan tashrif bilan bordi
TASSning “Reuters”ga asoslanib xabar berishicha, bugun Afgʻoniston poytaxtiga Pentagon rahbari Jeyms Mettis va AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlarining birlashgan qoʻmitasi raisi, general Jozef Danford eʼlon qilinmagan tashrif bilan kelgan.

OAV maʼlumotlariga koʻra, tashrif doirasida Amerikaning yuqori darajadagi harbiy amaldorlari AQSH va NATOning Afgʻonistondagi qoʻshinlari yangi qoʻmondoni, general-leytenant Ostin Skott Miller bilan uchrashib, “Tolibon” radikal harakati jangarilari bilan tinchlik sulhiga erishish istiqbollarini muhokama etadi.

Xabarda eslatilishicha, Ostin Skott Miller yangi vazifaga joriy yilning 2-sentyabridan kirishgan.

Malohat Husanova, OʻzA
1 301