O‘zA O`zbek

12.07.2018 19:34 Chop etish versiyasi

O‘sh shahri meri lavozimi uchun nomzod

Qirg‘izistonning janubiy poytaxti bo‘lmish O‘sh shahri meri lavozimi uchun nomzod – Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining O‘sh viloyatidagi vakili Taalaybek Saribashev kurash olib boradi.

“Qirg‘iziston” partiyasi o‘z nomzodini O‘sh meri rahbari lavozimiga ilgari surganiga qaramay, mazkur fraksiyaning shahar Kengashidagideputatlari bu qarorni-qo‘llab quvvatlamadi. Xuddi shuningdek, O‘sh shahar Kengashi tarkibiga kiruvchi boshqa partiyalar ham janubiy poytaxt merligi uchun saylovga o‘z nomzodini qo‘ymaslikka qaror qildi. Hududiy saylov komissiyasi raisi Rasulbek Qadirovning ma’lum qilishicha, O‘sh shahri meri uchun yagona nomzod sifatida Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining mintaqadagi vakili Taalaybek Saribashev ro‘yxatga olingan.

Uning ma’lum qilishicha, nomzod O‘sh shahar kengashi tomonidan ilgari surildi. Da’vogarning o‘zi yagona nomzod bo‘lishini kutmaganini tan oldi va raqobatli saylovda ishtirok etishga umid qilganini aytdi. O‘sh rahbarligi uchun saylovlar 18 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

O'zA
3 556