O‘zA O`zbek

11.10.2018 Chop etish versiyasi

“Oʻlim jazosi butun dunyoda bekor qilinishi kerak”

“Oʻlim jazosi butun dunyoda bekor qilinishi kerak”

Oʻlim jazosi butun dunyoda bekor qilinishi kerak, deb hisoblaydi Germaniya tashqi ishlar mahkamasi rahbari Xayko Maas.

Bu haqda siyosatchi oʻzining Twitterdagi sahifasida “Oʻlim jazosi bizning insonparvarlik tushunchalarimizga yot. Davlat hech boʻlmaganda, oʻlim jazosi belgilanishi bilan bogʻliq dalillar toʻplashni bas qilishi kerak. Yevropalik hamkorlarimiz bilan xuddi shu masala yuzasidan ish olib bormoqdamiz”, deb yozadi.

“Regnum” agentligi yaqinda Rim papasi Fransisk butun dunyoda oʻlim jazosini bekor qilishga oid chaqiriq bilan chiqqanini maʼlum qilgandi.

2 093
OʻzA