O‘zA O`zbek

09.07.2020 Chop etish versiyasi

Nyu-Yorkdagi BMT bosh qarorgohi oʻz faoliyatini davom ettiradi

Nyu-Yorkdagi BMT bosh qarorgohi oʻz faoliyatini davom ettiradi

Nyu-Yorkdagi koronavirus bilan bogʻliq vaziyat bir qadar yaxshilanishi barobarida 20-iyul kuni BMT bosh qarorgohi oʻz ochilishining dastlabki bosqichiga kirishadi. Binoda ishlovchi 400 nafar xodim ishga qaytishi mumkin.

Bu haqda bosh kotib Antoniu Guterrishning xodimlarga yoʻllagan maktubida maʼlum qilinadi.

Unga koʻra, birinchi bosqich boshlanishidan avval bino har tomonlama puxta tozalanadi.

Eslatib oʻtamiz, yaqingacha Nyu-York AQSHdagi koronavirus tarqalishining oʻchogʻi boʻlib turgandi.

2 129
O'zA