Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.12.2017 19:45 Chop etish versiyasi

Nyu-Yorkda portlash sodir bo‘ldi

Nyu-York shahrining Manxetten tumanida Port-Atoriti avtoshohbekatida portlash sodir bo‘ldi. Nyu-York politsiyasi departamentining “Twitter”dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, portlash shahar markazida, 42-ko‘cha va 8-avtomagistral kesishmasida yuz bergan.

“New York Post” gazetasining yozishicha, portlash qo‘lbola qurilma yordamida amalga oshirilgan, bir necha kishi jarohatlangan. Ayni paytda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olingan.

Voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Shuningdek, bir qator metro bekatlarida yo‘lovchi va xodimlarni evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘zA
5 842