O‘zA O`zbek

26.03.2020 Chop etish versiyasi

Nyu-Yorkda koronavirus sababli ayrim koʻchalar toʻsib qoʻyilmoqda

Nyu-Yorkda koronavirus sababli ayrim koʻchalar toʻsib qoʻyilmoqda

Nyu-York shahri hokimiyati avtomobillar uchun ayrim koʻchalarni yopish loyihasini sinab koʻrmoqda. Ammo ushbu koʻchalar piyodalar uchun ochiq boʻladi. Shahar gubernatori Endryu Kuomoning matbuot anjumanida taʼkidlashicha, bundan koʻzlangan maqsad koronavirusga chalinish miqdorini kamaytirishdan iborat.

Uning aytishicha, gap odamlarning toʻplanmasligi, boʻsh maydonlarni yana-da kengaytirish haqida bormoqda.

“Men Nyu-York parklarida muammo koʻryapman”, - dedi Kuomo. Bunda u, parklarda hamon odamlarning toʻplanib turishini nazarda tutgan.

“Shu bois, biz Nyu-Yorkning ayrim koʻchalarini avtomobillar uchun toʻsamiz, bu sinov loyihasi boʻladi”, - deya taʼkidladi gubernator. Shu bilan birga, uning aytishicha, ushbu koʻchalardan piyodalar oʻtishi cheklanmaydi.

823
O'zA