O‘zA O`zbek

02.10.2018 Chop etish versiyasi

Nyu-York aeroportida samolyotdan yongʻin chiqdi

Nyu-York aeroportida samolyotdan yongʻin chiqdi

New York Post nashrining tarqatgan xabariga koʻra, Nyu-York xalqaro aeroportidan Afrikaning Gana davlati tomon parvozga shaylangan samolyotning shassisidan yongʻin chiqqanligi sababli parvoz bekor qilingan. Bu haqda 2 oktyabr kuni CA-NEWS axborot xizmati sayt sahifalarida xabar bermoqda.

Samolyot harakatlanishni boshlagan vaqtda, tezlikni sekinlatish buyrugʻi berilishi natijasida samolyot shassisidan yongʻin chiqqan.

Aeroport xodimlari tezlik bilan ofatni bartaraf etgan. Barcha ekipaj aʼzolari va 200 ga yaqin yoʻlovchilar samolyot bortidan evakuatsiya qilingan. Ofat oqibatida jabrlanganlar aniqlanmagan.

1 471
Z.Mirzaboyeva, OʻzA