O‘zA O`zbek

03.07.2020 Chop etish versiyasi

Nur-Sultonda mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning monumenti ochildi

Nur-Sultonda mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning monumenti ochildi

Nur-Sultondagi Milliy mudofaa universitetida Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning monumenti ochildi, deya xabar beradi mamlakat prezidenti rasmiy sayti.

Qasim-Jomart Toqayev ochilish marosimida onlayn rejimida ishtirok etdi. Uning aytishicha, Milliy mudofaa universitetida haykal oʻrnatilishi chuqur ramziy ahamiyat kasb etadi, chunki Qozogʻiston Qurolli Kuchlari aynan mamlakat mudofaa qobiliyatining mustahkamlanishga katta eʼtibor qaratib kelgan Nazarboyev farmoni bilan tashkil etilgan.

Toqayev mamlakatning strategik yoʻlini belgilab bergan va xalqni jipslashtirgan Nazarboyevni zamonaviy Qozogʻiston asoschisi deya taʼrifladi.

“Tinchlik va barqarorlik, farovonlik va birlik – bu Yelbasi siyosati samarasidir. Har bir davlat tarixida oʻzidan beqiyos iz qoldirgan noyob shaxslar boʻladi. Oʻsib kelayotgan avlod oldidagi burch - ularning xizmatlarini qadrlash va hurmat qilishdan iborat”, – dedi prezident.

1 932
O'zA