O‘zA O`zbek

16.04.2019 11:18 Chop etish versiyasi

Nur-Sultonda Kaspiy dengizi bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Nur-Sultonda Kaspiy dengizi bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida Kaspiy dengizi bo‘yicha yuqori darajadagi ishchi guruhning ikkinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Yig‘ilishda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Rossiya va Turkmaniston delegatsiyalari ishtirok etmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan. 

”Yig‘ilish davomida Kaspiy dengiziga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish yo‘llarini barpo etish metodikasini tasdiqlash bo‘yicha Bitim loyihasini kelishish davom ettiriladi, Kaspiy dengizining huquqiy statusi to‘g‘risidagi Konvensiya haqidagi nizomga taalluqli masalalar, erishilgan bitimlarni hayotga joriy etish va o‘tgan yilning 12 avgustida bo‘lib o‘tgan Beshinchi Kaspiy sammiti yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining topshiriqlari ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilinadi”, – deb xabar bergan matbuot xizmati.

Kaspiy dengizi bo‘yicha yuqori darajadagi ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi 19-20 fevral kunlari Bakuda bo‘lib o‘tgan edi.

O‘zA
420