O‘zA O`zbek

02.02.2019 Chop etish versiyasi

Nikolas Maduroni qoʻllab-quvvatlash uchun Boliviya prezidenti Karakasga keldi

Nikolas Maduroni qoʻllab-quvvatlash uchun Boliviya prezidenti Karakasga keldi

Boliviya Prezidenti Evo Morales Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroni qoʻllab-quvvatlash uchun Karakasga keldi. Bu haqda Boliviya yetakchisi oʻzining Twitterdagi sahifasida maʼlum qildi.

“Biz qadrdonim Maduro bilan uchrashamiz va mushkul damda uni qoʻllab-quvvatlaymiz”, deb yozadi Morales.

Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqqa Maduro bilan tushgan suratini joylab, “Boliviya toʻqnashuvlarga yoʻl qoʻymaslik uchun muloqotda bardavom boʻladi”, deb taʼkidlagan.

1 257
OʻzA