O‘zA O`zbek

08.07.2019 17:00 Chop etish versiyasi

Nigeriya fuqarosining o‘limida guvoh so‘roq qilindi

Nigeriya fuqarosining o‘limida guvoh so‘roq qilindi

Bishkek shahar IIBBda Nigeriya fuqarosiga tan jarohati yetkazish ishi doirasida guvohni so‘roq qilishdi.

25 yoshli qizning so‘zlariga ko‘ra, u hodisa vaqtida gumondor bilan videoaloqa orqali suhbatlashgan. Guvohning ta’kidlashicha, yigit mojaroni keltirib chiqarmagan. Gumondor ajnabiyni emas, balki Markaziy universal do‘konini suratga olayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, hodisa 2 iyul kuni “Aychurek” MUM binosi yaqinida yuz bergan. Nigeriya fuqarosi 34 yoshli Ali Tijjani Abubakarning o‘limidan so‘ng tarqatilgan videoyozuvda ajnabiy va gumondor o‘rtasida janjal kelib chiqqach gumondor Abubakarni urgani va u boshi bilan bruschatkaga yiqilib tushgani ko‘rinib turibdi. Ali Tijjani Abubakar shifoxonada hushiga kelmay vafot etgan.

Shundan so‘ng og‘ir tan jarohati yetkazish gumoni bilan qonun himoyachilari tomonidan Chuy viloyatida tug‘ilgan 22 yoshli fuqaro qo‘lga olindi. U o‘z ko‘rsatmalarida mojaro tasodifan kelib chiqqani, vafot etgan shaxs bilan tanish bo‘lmaganini aytgan. Ayblanuvchi ikki oy muddatga vaqtinchalik izolyatorga joylashtirildi.

O‘zA
527