O‘zA O`zbek

14.04.2020 Chop etish versiyasi

Niderlandiya lolalarini kim sotib oladi?

Niderlandiya lolalarini kim sotib oladi?

Niderlandiya gul yetishtirish kompaniyalari tomonidan 400 million dona qimmatbaho gul yoʻq qilindi. Ularning orasida 140 million dona mashhur golland lolalari ham bor. Barchasiga dunyoda koronavirus pandemiyasi tarqalgani va uning ortida gullarga boʻlgan talabning tushib ketgani sabab boʻldi, deyiladi New York Times gazetasining Gollandiyadagi Royal Flora Holland gulchilik konglomerati savdo menejeri Fred van Tolning bergan maʼlumotiga tayanib bergan xabarida.

“Bu ofat lolalar savdosi ayni avj olgan paytda keldi. Toʻrt hafta oʻtdi biroq savdo aylanmasi oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirganda 50 foizga past “, — dedi van Tol.

Koronavirus tufayli nafaqat gul yetishtirish kompaniyalari, balki gul doʻkonlari egalari ham katta moliyaviy zarar koʻrmoqda. Qolaversa, mamlakatga turistlar ham kelmay qoʻydi. Bu vaqtda sayyohlar Gollandiyaning diqqatga sazovor joylarini, jumladan, lolalar va boshqa turli tuman noyob gul dalalarini ham tomosha qilar edi.

Masalan, Niderlandiyadagi “Kyokenxof“ qirollik bogʻi bu yil sayyohlar uchun oʻz eshiklarini ocha olmadi ham. Bu esa, 25 million dollar zarar koʻrildi, deganidir.

1 369
OʻzA