O‘zA O`zbek

15.03.2019 19:03 Chop etish versiyasi

NATO xarajatlari bir yilda salkam 4 foizga oshdi

NATO xarajatlari bir yilda salkam 4 foizga oshdi

NATO boʻyicha ittifoqchilar oʻzlarining mudofaa xarajatlarini birdaniga oshirdilar, eng yuqori koʻrsatkich Litva, Latviya, Estoniya, Polsha va Niderlandiyada koʻzga tashlangan, deyiladi Bryusselda eʼlon qilingan NATOning 2018 yil xarajatlariga bagʻishlangan hisobotda.

Hisobot NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg tomonidan qilindi. Uning taʼkidlashicha, Shimoliy alyans boʻyicha ittifoqchilarning umumiy xarajatlari soʻnggi besh yilda oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqqan, soʻnggi bir yilda xarajatlar 4 foizga oʻsdi. “Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida ittifoqchilar barcha sohalarda va katta miqdorda hamkorlikda ishlashda davom etmoqda”, deya bayonot berdi Stoltenberg.

AQSH Prezidenti Donald Tramp 2017 yilda NATOning Yevropadagi ittifoqchilaridan tashkilot byudjetiga qoʻshadigan hissalarini oshirishni talab qilgan edi. Hisobotga qaraganda, NATOga aʼzo atigi 6 davlat – Estoniya, Gretsiya, Polsha, Latviya, Litva va Buyuk Britaniya barcha ittifoqchilarning oldiga qoʻyilgan maqsadga erishdi – ular YAIMning ikki foizi miqdorida mudofaa xarajatlarini oshirishdi.

Umuman olganda, hisobotga koʻra, NATO mamlakatlari 2018 yilda salkam bir trillion dollar sarflagan. Bu mablagʻlarning salkam 70 foizi oʻzining YAIMning 3.39 foizini mudofaaga sarflaydigan AQSH hissasiga toʻgʻri keladi.

OʻzA
809