O‘zA O`zbek

30.08.2018 18:06 Chop etish versiyasi

NASA xodimi mashgʻulotlardan chetlashtirildi

NASA xodimi mashgʻulotlardan chetlashtirildi Kosmik agentlik tayyorlov faoliyatida 18 mingdan ortiq nomzodlar orasidan saralab olingan fazogirlardan biri, Rob Kulin NASA mashgʻulotlaridan chetlashtirildi. Shu tariqa muhandis soʻnggi 50 yil mobaynida taʼlim dasturidan chiqib ketgan birinchi ishtirokchi boʻldi. Bu haqdagi xabar SKY News saytida eʼlon qilindi.

NASA rasmiylarining bergan maʼlumotga koʻra, AQSHning Alyaska shtatidan boʻlgan sobiq muhandis shaxsiy sababalarga koʻra, oʻquv kursini tark etgan. Shuningdek, rahbariyat bu holatga qarshilik bildirmagan.

Shunga oʻxshash holat agentlik faoliyatining 1968 yilgacha boʻlgan davrida Jon Livelin va Breyn Olerilar bilan ham sodir boʻlgan. Ammo Rob Kulindan farqli ravishda ular oʻz xohishi bilan emas, balki agentlik tomonidan ular faoliyatiga “maqsadsiz” deya baho berilgach, tayyorlov mashgʻulotlaridan chetlatilgan.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
1 373