O‘zA O`zbek

13.03.2018 10:31:16 Chop etish versiyasi

NASA rahbari iste’foga ketadi, boshqaruvni kim egallaydi?

Amerikaning aerokosmik agentligi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Robert Laytfut 30 aprel kuni egallab turgan lavozimini tark etadi. Bu haqda uning o‘zi dushanba kuni jamoadoshlariga ma’lum qildi, deyiladi RIA xabarida.

“Men joriy yilning 30 aprelida iste’foga ketishimni ma’lum qilaman. Boshqaruvni yangi rahbarga topshirish jarayonining ortiqcha qiyinchiliklarsiz o‘tishi uchun Oq uy ma’muriyati bilan hamkorlik qilsam kerak”, deydi Robert Laytfut. U iste’foga ketishi sababini ma’lum qilmgan.

O‘tgan yilning sentabr oyida Tramp NASA rahbarligiga AQSh vakillar palatasi a’zosi, sobiq harbiy-dengiz aviatsiyasi uchuvchisi Jim Braydenstayn nomzodini taklif qilgan edi. Biroq Senatdagi demokratlar ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashmadi. Bu esa AQSh tarixida NASAning eng uzoq vaqt rahbarsiz qolishiga olib keldi.

NASAning ma’lum qilishicha, agar R.Laytfut iste’foga ketgunga qadar Senat yangi rahbar nomzodini ma’qullamasa, unda yangi tayinlov masalasi Oq uy tomonidan ilgari suriladi.