O‘zA O`zbek

11.10.2018 Chop etish versiyasi

Moskva AQSHni kimyoviy qurol zaxiralarini yoʻq qilishga chaqirdi

Moskva AQSHni kimyoviy qurol zaxiralarini yoʻq qilishga chaqirdi

Moskva AQSHni kimyoviy qurol zaxiralarini Konvensiyada belgilangan muddatdan oldin yoʻq qilishga chaqiradi.

Xalqaro kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining Gaagadagi 89-sessiyasida rus delegatsiyasi rahbari Georgiy Kalamanov shunday bayonot berdi.

Bundan tashqari, Kalamanov mazkur xalqaro tashkilotning vakolatlari kengayishi boʻyicha Rossiyaning nuqtai nazarini maʼlum qilib, Rossiya va boshqa koʻpgina davlatlar uchun tashkilot tomonidan kimyoviy qurol qoʻllanilish faktida “aybdorlarning” aniqlanishi noqonuniy asosda boʻlayotganini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, Xalqaro kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti vakolatlari kengayishi masalasi joriy yilning 19-20-noyabrida aʼzo davlatlarning 23-konferensiyasida koʻriladi.

2 049
OʻzA