O‘zA O`zbek

26.03.2020 Chop etish versiyasi

Monako knyazi koronavirusga chalinishning dastlabki alomatlarini soʻzlab berdi

Monako knyazi koronavirusga chalinishning dastlabki alomatlarini soʻzlab berdi Monako knyazi Alber II RTL radiosida chiqish qilib, oʻzining koronavirus bilan kasallanishi odatda koronavirusning asosiy simptomlaridan biri hisoblanmaydigan oddiy tumovdan boshlanganini gapirib berdi.

“Menda hid va taʼm bilish hissi yoʻqolmadi. Avval boshda bu oddiy tumovga oʻxshadi, yoʻtal darhol paydo boʻlgani yoʻq. Keyin tana haroratim ozgina koʻtarildi, ammo bularning barchasi yengil simptomlar”, — dedi Monako knyazi.

Bundan avval knyazlik xonadoni 62 yoshli manarxning koronavirusga chalingani haqda maʼlum qilgan edi.

876