O‘zA O`zbek

24.06.2020 Chop etish versiyasi

Misrda xorijiy mehmonlarni qabul uchun barcha sharoitlar yaratiladi

Misrda xorijiy mehmonlarni qabul uchun barcha sharoitlar yaratiladi

Misr hukumati joriy yil 1-iyuldan mamlakatda sayyohlik mavsumi boshlanishi va xorijiy mehmonlar qabul qilinishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini maʼlum qildi.

Britaniyaning “The Sun” gazetasida qayd etilishicha, iyuldan oktyabrning oxirigacha barcha mamlakatlarning fuqarolari uchun Misrga borish vizalari bepul boʻladi. Avval mazkur viza uchun 25 dollar toʻlangan.

Ayni bir paytda mamlakatda koronavirus bilan bogʻliq cheklovlar amal qilishda davom etadi. Mehmonxonalardagi oʻrinlar imkoniyatiga nisbatan teng yarim daraja faoliyat yuritib, virusga qarshi choralar oʻrnatilishi taʼminlanadi, dam olish maskanlarida ommaviy tadbirlar oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.

1 914
OʻzA