O‘zA O`zbek

16.04.2018 11:58 Chop etish versiyasi

Mey deputatlar oldida javob beradi

Bugun Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Birlashgan Qirollik parlamentida Amerika Qo‘shma Shtatlari va Fransiyaning Suriyadagi harbiy harakatlarga qo‘shilish sabablarini gapirib beradi. 

U Suriyaning Duma shahrida 7 aprelm kuni kimyoviy qurol qo‘llanilganiga shubha yo‘qligini va ayni shu xolat mamlakat hududiga hujumning bosh sababi ekanini ta’kidlab kelmoqda. TASSga kelib tushgan ma’lumotda qayd etilishicha, Mey Xalqaro hamjamiyat Londonga bu borada e’tiroz bildirmayotganiga e’tibor qaratadi. "Biz buni to‘g‘ri deb bilganimiz uchun qildik, biz yolg‘iz emasmiz va xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlovimiz bor", deydi Mey.

Eslatib o‘tamiz, 14 aprelga o‘tar kechasi AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriya bo‘ylab raketa zarbalarini berdi. Bu harakatlarni Suriyaning Duma shahrida 7 aprel kuni amalga oshirilgani taxmin etilgan kimyoviy hujumga javob deb xisoblashmoqda. Suriya hukumati esa kimyoviy hujumni inkor etdi va G‘arb mamlakatlari zarbalarini chegaralar daxlsizligiga tajovuz deb atamoqda.

2 979