O‘zA O`zbek

28.03.2020 Chop etish versiyasi

Meksikada neftning bir barreli 13 dollargacha arzonlashdi

Meksikada neftning bir barreli 13 dollargacha arzonlashdi Oʻtgan juma kuni Meksikada bir barrel neftning narxi 13,01 dollargacha tushib ketdi, deb maʼlum qildi Pemex neft korporatsiyasi oʻz saytida.

Qora oltin narxining bu qadar pastlab ketishiga koronavirus pandemiyasi tufayli global ishlab chiqarishning qisqarishi sahnida neftga boʻlgan talabning kamayishi sabab boʻlmoqda.

Kuni kecha Meksika va Pemex neft korporatsiyasining suveren va kredit reytingi qayta koʻrib chiqilgani maʼlum qilingan edi. Unda reyting koʻrsatkichi ВВВ+ dan ВВВ gacha tushirilgan boʻlib, 2 yilgacha salbiy holat saqlanishi aytib oʻtilgan.

Standard & Poorʼs agentligining aniqlik kiritishicha, reytingning tushib ketishiga Meksika hukumatining COVID-19 koronavirusi tarqalishiga qarshi keskin siyosat olib bormayotgani va mamlakatda kutilayotgan iqtisodiy tushkunlik sabab boʻlmoqda.

1 105
OʻzA