O‘zA O`zbek

24.07.2020 Chop etish versiyasi

Maykl Pompeo: ”AQSH Xitoy bilan raqobatdan gʻolib chiqadi”

Maykl Pompeo: ”AQSH Xitoy bilan raqobatdan gʻolib chiqadi”

“AQSH Xitoy bilan raqobatdan gʻolib sifatida chiqadi, negaki Xitoy hukumati sobiq SSSRning xatolarini takrorlayapti”, dedi AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo.

“Rosbalt.ru”da keltirilishicha, bunday xatolar sifatida Pompeo asosiy ittifoqchilardan begonalashuv, mamlakatning ishonchsiz ichki va tashqi siyosati, qonun ustuvorligi va xususiy mulkka oid huquqlarning inkor qilinishi kabilarni keltiradi.

Kaliforniyadagi Richard Nikson kutubxonasida oʻtkazilgan tadbirda soʻzlagan nutqida davlat kotibi oʻz soʻzlariga “Xitoy sobiq SSSRdan farqli oʻlaroq xalqaro iqtisodiyotga chuqur integratsiyalashgan, lekin Pekinning munosabatlari koʻp jihatdan Vashingtonga bogʻliq, bu Vashingtonning Pekinga bogʻliqligiga nisbatan anchagina keng miqyosli” ekanini qoʻshimcha qilgan.

U, shuningdek, AQSHning Xitoy bilan munosabati bir paytlar Prezident Ronald Reyganning SSSR hukumatiga nisbatan siyosatida qoʻllagan “Ishonma, tekshirib tur” qabilidagi mezonga asoslanishini taʼkidlagan.

1 807
O'zA