O‘zA O`zbek

21.05.2020 Chop etish versiyasi

Mayk Pompeo: “Koronavirus 36 million amerikalikni ishsiz qoldirdi”

Mayk Pompeo: “Koronavirus 36 million amerikalikni ishsiz qoldirdi”

AQSHning hisob-kitobicha, koronavirus pandemiyasining jahonga keltirgan zarari 9 trillion dollarni tashkil etadi, dedi davlat kotibi Mayk Pompeo.

“Xitoyning pandemiyaga qarshi kurashga sarflagan mablagʻi dunyo mamlakatlari majbur boʻlgan toʻlov oldida juda oz. Mazkur ofat 90 ming amerikalikning yostigʻini quritdi, 36 million amerikalik ish oʻrinlaridan mahrum boʻldi. Dunyo boʻyicha 300 ming kishi pandemiya qurboni boʻldi, bizning hisobimizcha, koʻrilgan zarar 9 trillion dollarga yetishi mumkin”, dedi Pompeo jurnalistlar uchun uyushtirilgan uchrashuvda.

AQSH Xitoyni koronavirus kelib chiqishini yetarlicha tekshirmaganlikda ayblab kelmoqda, Pekin esa ushbu ayblovlarni rad etmoqda.

1 360
OʻzA