O‘zA O`zbek

13.02.2019 Chop etish versiyasi

Maxsus amaliyot davomida 2 tonna marixuana olib qoʻyildi

Maxsus amaliyot davomida 2 tonna marixuana olib qoʻyildi

Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan maxsus amaliyot davomida 2 tonna marixuana olib qoʻyilgan.

Anadolu Ajansi xabariga koʻra, voqeaning toʻliq tafsilotlari maʼlum qilinmagan. Mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu bergan maʼlumotiga koʻra, kuch tizimi vakillari Bursa viloyati narkovositachilaridan 20 nafarini hibsga olgan. Shuningdek, boshqa hududda yana 30 kilogramm geroin olib qoʻyilgani va ikki kishi hibsga olingani ham aytilgan.

899
OʻzA