O‘zA O`zbek

23.08.2018 14:24 Chop etish versiyasi

Mamlakatlar oʻrtasida strategik hamkorlik – asosiy siyosiy hujjat boʻladi

Mamlakatlar oʻrtasida strategik hamkorlik – asosiy siyosiy hujjat boʻladi
Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning Turkmanistonga davlat tashrifi davomida imzolanadigan “Mamlakatlar oʻrtasida strategik hamkorlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya” asosiy siyosiy hujjat boʻladi.

Bu haqda Bishkekda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida prezident maʻmuriyatining tashqi siyosat boʻyicha boʻlim mudiri Daniyar Sidiqov maʻlum qildi. Uning soʻzlariga qaragnada, “salmoqli” hujjatlar – ularning soni 10ta – imzolanishi kutilmoqda. Qirgʻiziston va Turkmaniston prezidentlari Sooronbay Jeenbekov va Gurbanguli Berdimuxamedov avvaliga tor va soʻng kengaytirilgan tarkibda muzokoralar oʻtkazadi. Hamkorlik va istiqboldagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilinadi.

Jeenbekovning Turkmanistonga davlat tashrifi 23-24-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Tashrif doirasida Jeenbekov “Avaza” sayyohlik zonasida Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi (OQXJ) taʻsischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi.

Turkmaniston prezidenti 2015-yilning avgustida davlat tashrifi bilan Qirgʻizistonda boʻlgan edi.

OʻzA
1 829