O‘zA O`zbek

04.10.2018 Chop etish versiyasi

Malayziya sobiq bosh vazirining rafiqasi terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda

Malayziya sobiq bosh vazirining rafiqasi terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda Chorshanba kuni Malayziya hukumati sobiq bosh vazir Najib Razakning rafiqasi Datin Seri Rosmah Mansorni hibsga olish haqida buyruq bergan. Bu haqda Malayziya OAVlariga tayanib CNN xabar tarqatdi.

Rosmah korrupsiya, davlat pullarini noqonuniy oʻzlashtirish va terrorizmni moliyalashtirish kabi ayblar bilan hibsga olingan.

“Rosmahning advokatlari Datuk K. Kumarendran va Datuk Gizan Ram jurnalistlarga bergan intervyusida ularning mijozi chorshanba kuni hibsga olingani va unga qarshi ayblovlar haqida tushuntirish berilmaganini aytishdi”, deya xabar beradi Malayziyaning “The Star“ gazetasi.

Bundan tashqari, sobiq bosh vazir Najib Razak faoliyatida oʻz rahbarligida tashkil etilgan “1 Malaysia Development Berhad” davlat jamgʻarmasini moliyalashtirish uchun 25 dan ortiq, millionlab dollarlik korrupsiya holatlari aniqlangan.

Hozirda ushbu holatlar boʻyicha tergov jarayonlari davom etmoqda.

2 563
OʻzA