O‘zA O`zbek

04.06.2020 Chop etish versiyasi

Maktabga hujum qilgan nomaʼlum shaxs 40 ga yaqin kishini pichoqladi

Maktabga hujum qilgan nomaʼlum shaxs 40 ga yaqin kishini pichoqladi

Xitoyning janubida Guansi-Chjuan tumanida qoʻlida pichoq ushlagan nomaʼlum shaxs boshlangʻich maktabga hujum qildi.

Oqibatda kamida 40 ga yaqin odam turli darajada jarohat olgan, deb xabar beradi RIA Novosti. Jinoyatchi maktab muallimlari va oʻquvchilarga hujum qilgani aytilmoqda.

Voqea 4-iyun kuni ertalab yuz bergan. Qoʻlida pichoq ushlagan nomaʼlum shaxs ertalab maktabga chopib kirgan va duch kelgan kishiga qarata pichoq siltay boshlagan. Ayni paytda jabrlanganlarning uch nafari, jumladan, maktab direktori, qoʻriqchi va bir oʻquvchi juda ogʻir ahvolda, deyilmoqda.

Keyinroq jinoyatchi qoʻlga olingani maʼlum qilindi. U qoʻriqlash firmasining 50 yoshli xodimi ekan. Mahalliy politsiyachilar jinoyat sabablarini aniqlash uchun tergov ishlarini boshlab yuborgan.

2 398
OʻzA